Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Kun tartibida Toshkent viloyati mahalliy budjetining 2026-yil I chorak ijrosi , 2026-yil davomida 16 ta infratuzilma loyihalarini hududlar kesimida manzilli dasturlarini tasdiqlash hamda belgilangan mablag‘larni o‘zlashtirish va Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida Viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Jo‘rayevning hisobotlari eshitildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasi direktori A.Mustafoyev “Tashkent-Jingu” MCHJga ikkilamchi ijara asosida ajratib berilgan yer uchastkalarining ijara haqi bo‘yicha to‘lovi yer uchastkalarining hat yili aniqlanadigan normativ quvatining besh foiz miqdorida ijara haqi to‘lov grafigini ko‘rib chiqish to‘g‘risida ma'ruzasi eshitildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihalari ko‘rib chiqilib, mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 6