Новости

Последние новости

янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar deputatlar tomonidan o‘rganildi

Tuman markazida olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari T.Tangirov, L.Musayev, M.Kenjayeva, O.Ollomurodov, D.Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar “Shaffof” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududda bo‘ldilar.

Tashrif davomida deputatlar aholi bilan muloqot o‘tkazib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlarini tingladilar. Suhbatlar jarayonida fuqarolarni qiynayotgan ayrim masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, deputatlar ko‘p qavatli uylar atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Hududda yashovchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda yashash muhitini zamonaviy talablar asosida shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Bunday uchrashuv va o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolarning turmush sifati va farovonligini oshirishga xizmat qiladi

Slide 1 of 4