Новости

Последние новости

янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Deputatlar tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandilar

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari T.Tangirov, L.Musayev, M.Kenjayeva, O.Ollomurodov, D.Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar tumandagi “Shaffof” mahallasida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida tuman soliq inspeksiyasi binosi ro‘parasida barpo etilayotgan aholi dam olish maskanining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Loyihaga muvofiq, mazkur hudud fuqarolarning mazmunli hordiq chiqarishi, yoshlar va oilalarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi uchun zamonaviy va qulay dam olish maskaniga aylantirilmoqda.

O‘rganish yakunida deputatlar qurilish ishlarini amalga oshirayotgan tashkilot mas’ullariga ish sifati va samaradorligini yanada oshirish, qurilish me’yorlari va talablariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, belgilangan muddatlarda ishlarni yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berdilar.

Slide 1 of 4