35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
Bolajonlar quvonchi – e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida

Bolajonlar quvonchi – e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi hamda “Adolat” SDPning Uchtepa tumani Kengashi hamkorligida "1-iyin - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan tumandagi Sharq yulduzi mahallasida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

📇 Bayram tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini rag‘batlantirish hamda bolajonlarga quvonch ulashishdan iborat bo‘ldi. Tuman Kengashi deputati Kamolidin Azizov tashabbusi bilan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, iqtidorli va faol yoshlar bir joyga jamlanib, ular uchun madaniy-ma’rifiy dasturlar, ko‘rgazmalar va qiziqarli tadbirlar tashkil etildi.

⏺ Tadbir davomida yoshlarning san’at, sport va boshqa yo‘nalishlardagi yutuqlari namoyish etildi. Mahalla hayotida o‘zining faolligi va iste’dodi bilan namuna bo‘layotgan yoshlar Toshkent shahar Mahalla uyushmasi hamda homiylar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari va bayram tuhfalari bilan taqdirlandi.

🗣 Tadbirda Uchtepa tumani “Adolat” SDP Kengashi raisi Abdurasul Mo‘minov ham ishtirok etib, bolalarni bayram bilan tabrikladi hamda ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga tilak bildirdi. Mamlakatimizda bolalar manfaatlarini ta’minlash, ularning sifatli ta’lim olishi, sog‘lom va barkamol voyaga yetishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

🇺🇿 Yangi O‘zbekistonda bolalarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan bo‘lib, yosh avlodning bilim olishi, iste’dodini ro‘yobga chiqarishi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

🔼 Sharq yulduzi mahallasida tashkil etilgan ushbu bayram tadbiri ham ana shu ezgu sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘lib, bolajonlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Eng muhimi, bu kabi tadbirlar yosh avlodning Vatanga muhabbat, ezgulik va bunyodkorlik ruhida kamol topishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5