Новости

Последние новости

янв.21
♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar qo‘llanilishi o‘rganildi
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sport obyektlaridagi sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganildi 🏅
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sog‘lom turmush tarzi va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi 🏅
янв.21
📌 MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NORMATIV-HUQUQIY TUSDAGI QARORLARNI QABUL QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoniga asosan mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida “Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan o‘zi saylangan okrugdagi “Quruqsoy” MFY “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi. Uchrashuv davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ishlari bilan yaqindan tanishdi. Xususan, hududda yashovchi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan
shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida “Quruqsoy” MFYda 80 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro, 20 nafar alohida ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxs, 3 ta kambag‘allik chegarasidagi hamda 11 ta kambag‘al oila mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, 2025–2026-yillar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 6 tasiga oziq-ovqat va moddiy yordam ko‘rsatilgani, 3 nafar fuqaroga davolanish uchun order ajratilgani, 20 ga yaqin fuqaro POM va RTV mahsulotlari bilan ta’minlangani hamda 4 nafar mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxs doimiy ish bilan band qilingani ma’lum qilindi. O‘rganish davomida ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar yuzasidan nazorat-tahlil olib borildi. Mahalla hududida aholiga xizmatlar maqsadli va samarali tashkil etilgani alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida MFY “yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. 

Slide 1 of 3