Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi

📌 2026-yil 6-may kuni Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati I. Masharipov tomonidan ilgari surilgan deputatlik so‘rovi asosida Shovot tumani “Asavey” mahallasida joylashgan 41-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.

📄 Mazkur deputatlik so‘rovi 2026-yil 27-apreldagi 46-ds-448-26-son bilan rasmiylashtirilgan bo‘lib, qurilish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat etilgan.

👷‍♂️ O‘rganish jarayonida Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mas’ullari, “Umid loyiha” xususiy korxonasi rahbari M. Bakiyev, Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi mutaxassislari, tuman hokimligi vakillari, “Muhammad savdo qurilish” tashkiloti rahbari, shuningdek, tuman Kengashi deputatlari va mahalla faollari ishtirok etdi.

🔍 Jarayonda aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

📊 Mazkur yo‘nalishda deputatlik nazorati davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 7