Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
Jalaquduq tumanida paxtachilik mavsumi ayni qizg‘in pallaga kirgan

          Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati H. Latipov hamda “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi
Q. Ko‘ziyev ishtirokida hududdagi paxta dalalariga chiqilib, g‘o‘za parvarishi jarayonlari va ularning bugungi holati atroflicha o‘rganildi.
Dalalarda olib borilayotgan ishlar davomida g‘o‘zalarni oziqlantirish, sug‘orish, begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashish
kabi muhim agrotexnik tadbirlarning qay darajada tashkil etilgani ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan fermer va dehqonlarga zarur tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida
suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan
dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, paxtachilikda yuqori natijalarga erishish uchun har bir agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida va sifatli bajarish muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda tumanda paxta parvarishi ishlari izchil davom etmoqda va mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash uchun barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Slide 1 of 2