Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
Davlat xizmatlari markazi hamda FHDY bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman Davlat xizmatlar markazi va FHDY bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida, avvalo, Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish tezligi va qulayligi, elektron navbat tizimining samaradorligi, shuningdek, xodimlarning murojaatchilar bilan muomalasiga alohida e’tibor qaratildi. Markazda aholiga 100 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilayotgani, aksariyat xizmatlar qisqa muddatlarda bajarilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish, ayniqsa keksa yoshdagi fuqarolar uchun maslahat xizmatlarini kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

🔷Shuningdek, deputat tomonidan FHDY bo‘limi faoliyati ham atroflicha o‘rganildi. Bo‘limda tug‘ilish, nikoh va o‘lim holatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari, arxiv hujjatlarini saqlash va raqamlashtirish ishlari, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi. Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hujjatlarni rasmiylashtirishda ortiqcha byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔷O‘rganish yakunida deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholi uchun qulayliklarni kengaytirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiya va topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, davlat xizmatlari tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 7