Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
Mahalla faoliyatidan

Xalq deputatlari Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich Zang Gilambob mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va aholi tomorqa xo‘jaliklari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallaga biriktirilgan bank mutaxassisi Choriyev Azizbek bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Turopov Hasan xonadonida bo'ldi. Mazkur xonadon vakillari tomonidan bodring, “Chintana” navli pomidor hamda kartoshka yetishtirilmoqda. Ushbu mahsulotlar nafaqat oilaviy daromad manbai, balki mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shmoqda. Yetishtirilayotgan mahsulotlar to‘liq pishib yetilgach, ichki bozorlarimizni sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida mahalla iqtisodiy faolligini oshirib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Deputatlar tomonidan bunday tashabbuskor xonadonlarni qo‘llab-quvvatlayotgan mahalla vakillariga ularning faoliyatini yanada kengaytirish ko‘maklashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1