Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 22-Zartepa saylov okrugi deputati Yarmatov Muxiddin Nurxonovich tomonidan hududda joylashgan 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil o‘rganish ishlari olib borildi. Nazorat-tahlil doirasida muassasadagi bolalar yotoq joylari, oziqlanish tizimi hamda omborxonalar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, oshxona va ovqatlanish xonalarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi hamda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.O‘rganish jarayonida muassasa mudirasi Abdurahmonova Shoira tomonidan mavjud sharoitlar, olib borilayotgan ishlar hamda muassasaning faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 90 o‘rinli bo‘lib, 4 ta guruhdan tashkil topgan.O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar berildi.

Slide 1 of 1