Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Ichimlik suvi tizimini yaxshilashga qaratilgan ishlar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tomonidan Farovon mahallasida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan infratuzilmaviy loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdisalom Javliyevich hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi Xurramov Laziz ham ishtirok etdi. O‘rganish davomida hududda ichimlik suvi quvurlarini tortish, suv qudug‘ini qazish hamda zamonaviy nasos uskunalarini o‘rnatish ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Jarayonda maxsus texnikalar, jumladan ekskavator va burg‘ulash uskunalari yordamida yer qazish ishlari amalga oshirilayotgani, quvurlarni yotqizish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Shuningdek, hududda suv saqlash uchun mo‘ljallangan suv minorasi hamda nasos tizimlari mavjud bo‘lib, mazkur inshootlar orqali aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar sifati va muddatlari yuzasidan mutasaddilar bilan joyida muhokamalar o‘tkazilib, aholiga qulay sharoit yaratish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganishlar hududda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1