Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
“Darband” mahallasi faoliyati yuzasidan o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining kunlik Ish rejasiga asosan mahallalarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 9-Darband saylov okrugidan saylangan deputati Ramazonov Muzaffar Xolmirzayevich va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xoliqov Bahodirlar tomonidan tumandagi “Darband” mahallasida o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida “mahalla yettiligi” faoliyati tizimli tahlil qilinib, ularning hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi tashabbuslar hamda aholi faolligi alohida e’tirof etildi. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, deputat faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishidan kelib chiqib, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi baholandi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar va takliflar berildi.

Slide 1 of 7