Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norovlar hamkorligida tumandagi “Qovchin” mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

✔️O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati joyiga chiqib tahlil qilindi. Xususan, o‘zgalar parvarishiga muxtoj, yolg‘iz yashovchi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida va shaffof tarzda to‘lab berish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✔️Mazkur o‘rganish ishlari aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4