Новости

Последние новости

янв.21
📢 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish
янв.21
📄 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
🌿 O‘simliklarni himoya qilish sohasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
Deputat soʻrovi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha 11 ta hududiy dastur ijrosi nazoratga olindi
янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
🏗 SHOVOTDA TA’LIM INFRASTRUKTURASINI YANGILASH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati

Toshkent viloyati Kengashi deputati S.S. Shamshiyev Yangiyo‘l shahrida joylashgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasiga tashrif buyurib, korxona rahbari Zokir Hakimjonov bilan birgalikda aholi hamda yuridik tashkilotlardan maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha 2026 yil 1 yanvaridan amalga kiritilishi rejalashtirilayotgan yangi tariflar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

Uchrashuv davomida yangi tariflarni joriy etishning asoslari, xizmat sifatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va sanitariya holatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda tariflarni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 1