Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
Deputat so‘rovi va ijro: “Qahramon” MFYdagi maktab qurilishi – nazoratda

Deputat so‘rovi va ijro: “Qahramon” MFYdagi maktab qurilishi – nazoratda

Xalq deputatlari tomonidan yuborilgan har bir deputatlik so‘rovi ortida aholining uzoq yillik orzu-intilishlari va dolzarb ehtiyojlari mujassam. Termiz tumanidagi “Qahramon” MFY hududida qurilishi rejalashtirilgan 330 o‘rinli zamonaviy maktab hamda 12x24 o‘lchamdagi sport zali loyihasi ana shunday muhim tashabbuslardan biridir.

Mazkur obyekt bo‘yicha qurilish ishlarining kechikayotganligi yuzasidan yo‘llangan deputatlik so‘roviga tuman hokimligi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, kechikishning asosiy sababi maktab qurilishi uchun ajratilgan yer maydonining toifasi yaylov ekanligi bilan bog‘liq. Amaldagi tartibga muvofiq, bunday yer uchastkalarida qurilish ishlarini boshlashdan oldin yer fondi toifasini o‘zgartirish talab etiladi. Hozirda ushbu masala bo‘yicha tegishli hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasiga taqdim etilgan bo‘lib, jarayon yakuniy bosqichga yetib kelgan.

Shu bilan birga, yer masalasi hal etilishini kutib turish jarayonida boshqa tashkiliy ishlar ham izchil davom ettirilmoqda:

maktab binosi va sport zalining loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilib, yakunlangan;

qurilish ishlarini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida tender savdolari rasman e’lon qilingan.

Mazkur loyiha deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olingan. Yer masalasi ijobiy hal etilishi bilan qurilish ishlarini tezkor boshlash, jarayonni jadallashtirish va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi.

Eng muhimi, ushbu muhim ijtimoiy obyektning barpo etilishi hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4