Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
MAHALLA YETTILIGINING FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA

 MAHALLA YETTILIGINING FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda 14-sonli “Surxon” saylov okrugidan saylangan deputat Dj.Taxchiyeva bilan birgalikda Jo‘yjangal MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

Mahalla yettiligi faoliyati: Hududda aholi bilan ishlash tizimi, “Mahallabay” ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

I chorak hisoboti: Joriy yilning birinchi choragi davomida Hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash borasida qilingan ishlar, shuningdek, Ijtimoiy xizmat xodimi tomonidan ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar bilan yaqindan tanishildi.

Muammolar tahlili: Mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi infratuzilma, ichimlik suvi, elektr ta’minoti va yo‘llarning holati ko‘zdan kechirildi.

"Deputat va mahalla faollari hamkorligi — aholi muammolarini tezkor va sifatli hal etishning eng samarali yo‘lidir."

O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilab olindi.

Slide 1 of 6