Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
📊 Mahallada kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish ishlari jadallashmoqda 📈
янв.21
📢📌 MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🎯👉 DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA KO‘TARILGAN MASALA BARTARAF ETILDI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan “Tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish hamda yakunlarini muhokama qilish” masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i T.A. Alimov axborot berdi. Axborot davomida tumandagi yer resurslaridan foydalanish holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Komissiya a’zolari tomonidan kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli savol-javoblar o‘tkazildi hamda taklif va mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida ushbu masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan xulosa berildi. Shuningdek, doimiy komissiya bayonnomasi rasmiylashtirilib, tegishli ko‘rsatma va takliflar asosida qaror qabul qilindi. 

Slide 1 of 2