Новости

Последние новости

📍Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Shovot tumani faoliyati o‘rganildi

📍Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Shovot tumani faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Qalandarov Azamat Shermetovich hamda komissiya a’zolari ishtirokida tumandagi sanitariya-epidemiologik vaziyat har tomonlama o‘rganish mqasadida Shovot tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi faoliyati o'rganildi.

🔎 O‘rganishdan asosiy maqsad — tumandagi sanitariya-epidemiologik vaziyatni tahlil qilish va mavjud muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.

📊 Jarayonda:

💧 ichimlik suvi sifati

🏫 ijtimoiy muassasalarda sanitariya talablari

🌿 ekologik holat va chiqindilar tizimi

🧪 laboratoriya faoliyati

📨 aholi murojaatlari bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi

📚 Shuningdek, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-393) ijrosi tahlil qilindi.

📌 Yakunda tizim samaradorligini oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

✅ Asosiy maqsad — aholi salomatligini muhofaza qilish va hududda barqaror sanitariya osoyishtaligini ta’minlash.

Slide 1 of 10