Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
Deputat mahalliy tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Nurali Sulaymonov hududda qandolatchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mahalliy tadbirkor ayollar faoliyatini o‘rgandi.

Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud sharoitlar, mahsulot sifati, sanitariya talablariga rioya etilishi hamda mahsulotlarni realizatsiya qilish tizimi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tadbirkor ayollarning kundalik faoliyati, ish hajmi va bandlikni ta’minlashdagi o‘rni haqida ham batafsil ma’lumotlar olindi.

Deputat suhbat jarayonida tadbirkorlar tomonidan faoliyatni yanada kengaytirish, zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda oilaviy daromadlarni ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini alohida qayd etdi.

Slide 1 of 1