Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Shodmonov Shoxrux O'ktamovichning 2025-yilning uchinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti

 Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashiga 23-Yakkatut saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Shodmonov 2025-yilning uchinchi choragida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Tadbirda “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

 Deputat uchinchi chorak davomida okrug bo‘ylab jami 5 marotaba aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, fuqarolar tomonidan kelib tushgan 15 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etilganini, qolganlari esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilganini ta’kidladi. Fuqarolarning eng ko‘p uchraydigan muammolari qish mavsumi tayyorgarligi, yo‘llar va ichki ko‘chalar holati, kommunal xizmatlar sifati hamda mahalla hududlaridagi ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liq edi.

Deputat xalq deputatlari Chilonzor tuman hokimligiga aholidan kelib tushgan muammolar yuzasida "Deputat so'rovi' yuborgani va so'rov natijasida "Yakkatut" mahallasida joylashgan 29-30-uylar oldi va 526-MTT yon qismini asfaltlash uchun Kengash qarori chiqqanini hamda bu ishlar tez kunda boshlanishini ma'lum qildi. 

 Uchrashuv va joylarga chiqib o‘rganish davomida deputat mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tekshirdi. Aniqlangan kamchilik va muammolar bo‘yicha mas’ullar bilan tezkor bog‘lanish, ularni hal etish choralarini ko‘rish va natijalarini shaxsan deputat nazorati ostida bajarish belgilandi.