Новости

Последние новости

янв.21
♻️ Shovot tumanida ekologik nazorat va sanitariya-tozalik ishlari o‘rganildi
янв.21
♻️ Shovot tumanida chiqindilarni boshqarish tizimi va ekologik barqarorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
♻️ Shovot tumanida chiqindilarni yig‘ib olish jarayoni o‘rganildi
янв.21
♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar qo‘llanilishi o‘rganildi
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sport obyektlaridagi sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganildi 🏅
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sog‘lom turmush tarzi va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi 🏅
янв.21
📌 MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NORMATIV-HUQUQIY TUSDAGI QARORLARNI QABUL QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi

Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri uyushqoqlik bilan amalga oshirildi. Tadbir doirasida tumanimizning Yangiobod mahallasiga 2000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur ko‘chatlar mahalla hududining yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ushbu ezgu tashabbus:

  • tumanimizda ekologik muhitni yaxshilashga;
  • aholi o‘rtasida tabiatga e’tibor va mehr-muhabbat tuyg‘ularini kuchaytirishga;
  • yashil hududlar barpo etish orqali zamonaviy va qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

Tadbirda Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, deputat Z. Mullajonov ham ishtirok etdi.

Tabiatni asrash va ko‘kalamzorlashtirish borasidagi bunday amaliy ishlarda har bir yurtdoshimizning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 4