Новости

Последние новости

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari borasida

 Bugun Urganch shahar hokimligi binosidagi deputatlar uchun ajratilgan maxsus majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 26.02.2025-yildagi QK-102-V-sonli qarori asosida xalq deputatlari shahar Kengashi huzurida tashkil qilingan Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Shahar Kengashi kotibiyati mudiri P.A.Ro‘ziboyev mazkur qarorda Yoshlar maslahat guruhi a’zolarini xalq deputatlari Kengashi
deputatlariga «ustoz-shogird» an’anasi asosida biriktirish, xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalari bilan Yoshlar maslahat guruhining hamkorligini ta’minlash hamda ularni yoshlar masalalariga oid muhokamalar va nazorat-tahlil tadbirlariga jalb
etib borish tavsiya etilganligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. 

Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qonunchilikdagi islohotlar samaradorligini «tengdosh-tengdoshga»
tamoyili asosida yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va joylarda qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalarining yoshlar masalalariga oid muhokamalari va nazorat-tahlil tadbirlarida ishtirok etish hamda hududlarda yoshlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqish Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanganligi to‘g‘risida so‘zladi. 

Uchrashuv so‘ngida, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar tinglandi. 

 

Slide 1 of 1