Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

🔹 O‘rganish davomida markaz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayoni hamda ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand shaxs va oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli yordam ko‘rsatish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni takomillashtirishdan iborat.