35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA OILAVIY YOTOQXONADAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 Tavsiya asosida hududlarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahar Uy-joy bo‘limi boshlig‘i bilan birgalikda “Navro‘z” MFY hududida joylashgan oilaviy yotoqxonada amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida binoning holati, olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati va bajarilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilib, ishlarning belgilangan tartibda va sifatli amalga oshirilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3