35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati U. Haydarov tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, maktabdagi mavjud imkoniyatlar hamda yoshlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi faolligi yuzasidan fikr almashildi.

📝 Shuningdek, yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. O‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va o‘z iqtidor hamda qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🌱 Yoshlarning fikri — kelajak taraqqiyoti uchun muhim mezon. Ularning takliflarini tinglash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim olishlari uchun munosib sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biridir.

Slide 1 of 2