Новости

«Paxtakor hayoti» gazetasining navbatdagi sonida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanovaning «Xalq deputatlari — xalq bilan hokimiyat o‘rtasidagi muhim ko‘prik» nomli maqolasi chop etildi.

#Paxtakor_tumani_Kengashi
#maqola #gazetada

«Paxtakor hayoti» gazetasining navbatdagi sonida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanovaning «Xalq deputatlari — xalq bilan hokimiyat o‘rtasidagi muhim ko‘prik» nomli maqolasi chop etildi.

Maqolada xalq deputatlarining aholi bilan yaqin muloqoti, saylovchilar murojaatlarini o‘rganishi, hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar oldiga masalalar qo‘yishi haqida so‘z yuritilgan.
Shuningdek, deputatlik so‘rovlari, jamoatchilik nazorati, saylov okruglarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyat keng yoritilgan.

Maqolada Paxtakor tumani Kengashi deputatlarining aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni hal etishdagi amaliy ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan.

Slide 1 of 1