Новости

Deputatlik so‘rovi asosida muammo joyida o‘rganildi

Deputatlik so‘rovi asosida muammo joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi boshlig‘i M.Burxonovga 91-ds-377-26-son deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur so‘rov Uvaysiy ko‘chasida joylashgan gilam yuvish sexi hududida kanalizatsiya oqova suvlarining tashqariga chiqib ketishi holatini o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan yuborilgan.

Deputatlik so‘rovi asosida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimi tomonidan mazkur manzilga chiqilib, holat joyida o‘rganildi.