Новости

MAHALLADAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

 24 ta tavsiyada belgilangan vazifalar bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan «Mustaqillik» MFY hokim yordamchisi bilan muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududda mavjud masalalar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini nazorat qilib borishga alohida e’tibor qaratildi.