Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tomonidan Andijon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Usmonovga deputat so‘rovi yo‘llandi.
So‘rov Prezidentning 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qarori ijrosi, xususan, maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishga qaratilgan.
Unda: maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va o‘quv sharoitlari;
bolalar va yoshlarning turli to‘garaklarga qamrovi;
pedagog va mutaxassislar bilan ta’minlanganlik hamda ularning kasbiy tayyorgarligi;
ta’lim sifati, bolalar iqtidorini rivojlantirish va ijtimoiy faollikni oshirishdagi amaliy natijalar;
tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar yuzasidan tahliliy ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
Qonunchilik talablariga muvofiq, deputat so‘roviga javob 10 kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.