35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#munosabat

Ariqlarni betonlashtirish masalasi – deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Ro‘ziyev saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida O‘xo‘ja va Pasana qishloqlaridagi ariqlar holatini o‘rganib, mavjud muammolarni tegishli tartibda hal etish choralarini ko‘rmoqda.
Murojaatlarda mazkur hududlardagi ariqlarni betonlashtirish, shu orqali suvning samarasiz sarflanishining oldini olish hamda sug‘orish tizimi samaradorligini oshirish masalasi ko‘tarilgan.
Mazkur masala yuzasidan deputat I. Ro‘ziyev tomonidan tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori D. Marupov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida O‘xo‘ja va Pasana qishloqlaridagi ariqlarni betonlashtirish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.
Deputatlik nazorati doirasida murojaatning ijrosi va ko‘rilayotgan amaliy choralar kuzatib boriladi.

Slide 1 of 2