#Deputatlik_nazorati #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari #partiya_guruhlari
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI - MUAMMOLAR O‘RGANILDI
🇺🇿 Vatan mahallasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, “22-Vatan” saylov okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan mahalladagi yettilik a’zolari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
💬 Uchrashuv davomida mahallada mavjud bo‘lgan muammoli masalalar va fuqarolarni qiynayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Deputat hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan murojaatlar tinglanib, ular yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.
📝 Bildirilgan murojaat va takliflar belgilangan tartibda “Deputat daftari”ga qayd etilib, ularning ijrosini nazoratga olish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
💼 Mazkur uchrashuv haftalik ish reja doirasida tashkil etilib, unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, ekspert guruhi a’zolari, mahalla raisi, mahalladagi yettilik a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
📇 Bunday uchrashuvlar deputatning saylov okrugidagi aholi bilan doimiy muloqotini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarining amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.