#Deputatlik_nazorati #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari #162_ta_eng_muhim_qonun #partiya_guruhlari
DEPUTATLIK NAZORATI - TALABALAR UCHUN YARATILGAN SPORT SHAROITLARI O‘RGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi "Adolat" SDP deputatlik guruhi a'zosi, “24-Shirin” saylov okrugi deputati Mustafayeva Shanoza Ermuxammadovna tashabbusi bilan Zargarlik mahallasi hududida joylashgan O‘zbekiston Davlat yuridik universiteti talabalar turar joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
🗂 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-son “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida tashkil etildi.
🔎 O‘rganish davomida, xususan, TTJda talaba-yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport infratuzilmasi hamda undan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Mazkur Qonunning 52-moddasida ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari bilan ta’minlanishi hamda ushbu inshootlarning tegishli shart-sharoitlar asosida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq masalalar belgilangan.
💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassislari Umidbek Abilov, Zarnigor Kuziyeva, ekspert guruhi a’zolari, mahalla raisi hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
📈 O‘rganish yakunida universitet talabalari uchun sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ijobiy baholanib, mavjud imkoniyatlardan oqilona va samarali foydalanish, yoshlarni muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi.
📁 Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosini joylarda o‘rganish, mavjud shart-sharoitlarni tahlil qilish va aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etishga ko‘maklashishning muhim vositasidir.