35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil yanvar–sentabr oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan intervyular davom etmoqda.
🎙 Deputat Bahodir Norquvvatovich o‘z deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan amaliy ishlar haqida ma’lumot berdi.
Jumladan, deputat tashabbusi bilan:
🔹 Qo‘shchinor MFYdagi Qarg‘ish bobo qabristoni atrofi beton devor bilan o‘ralib, hududda ayvon qurildi;
🔹 Qo‘shchinor ko‘chasidagi 52 ta xonadonga toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi;
🔹 Qoraariq qishlog‘ida yoshlar va aholi uchun futbol maydoni tashkil etildi.
⚽️ Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlash hamda yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
📌 Deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — tashabbusni amaliy ishga, murojaatni esa aniq natijaga aylantirish.