35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 6-bandi — mahallalardagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish doirasida hududlarda amaliy ishlar davom etmoqda.
🔎 Shu doirada Turon hamda A. Navoiy mahallalaridagi xotin-qizlar faollarining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va hal etish, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ayollar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, mahallalarda xotin-qizlar faollarining aholi bilan ishlash samaradorligi, murojaatlarni o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish holatiga e’tibor qaratildi.