35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

PAXTAKOR MAHALLASIDA UCHTA KO‘CHAGA ASFALT YOTQIZILADI

 PAXTAKOR MAHALLASIDA UCHTA KO‘CHAGA ASFALT YOTQIZILADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida mablag‘lar yo‘naltirildi.
📍 Paxtakor MFY hududidagi Masud Shayxzoda, Imkoniyat va Xonqa ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizish uchun jami 1 milliard 647 million 720 ming so‘m mablag‘ ajratildi.
💰 Mazkur mablag‘ Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
🏗 Loyiha doirasidagi ishlar loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tartibda tender jarayonlari o‘tkazilib, yo‘l ta’mirlash ishlari tashkil etiladi.
✅ Mazkur ishlar natijasida Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llarning holati yaxshilanib, aholining transport va piyoda harakatlanishi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.
Obod mahalla — sifatli yo‘l — farovon hayot!