35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

QATORTERAK MAHALLASIDA BIR NECHTA KO‘CHALAR ASFALTLANADI

 QATORTERAK MAHALLASIDA BIR NECHTA KO‘CHALAR ASFALTLANADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida mablag‘lar yo‘naltirildi.
📍 Qatorterak MFYda ham yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshiriladi.
🛣 Diydor, Taraqqiyparvar, Xotam hamda Tadbirkorlar ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizish uchun jami 1 milliard 568 million 25 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.
💰 Mazkur mablag‘ Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
🏗 Ishlarni amalga oshirishda tegishli buyurtmachi tashkilotlar hamda yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha mas’ul idoralar ishtirok etib, loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlar tashkil etiladi.