35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🛣 YO‘L BO‘YIDAGI OBODONCHILIK — DOIMIY E’TIBORDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati — Oqoltin tumani hokimi X.Suvonov tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi yo‘l bo‘ylari va ularga tutash hududlarning obodonlashtirish holati muhokama qilindi.

🔹 Uchrashuv davomida yo‘l yoqalarining tozaligi, sanitariya holati, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, yo‘l bo‘ylarida tartib va ozodalikka rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Mas’ullarga yo‘l chetlarini chiqindilardan muntazam tozalash, o‘t-o‘lanlarni tartibga keltirish, mavjud yo‘l infratuzilmasi obyektlarini soz va ozoda saqlash hamda belgilangan hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3