⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
❇️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Y.Berdiyarov tomonidan “Andijon” MFY hududidagi “Forish” ko‘chasidagi elektr ta’minoti infratuzilmasi holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mazkur ko‘chalardagi elektr simyog‘ochlarning ma’nan eskirgani va yaroqsiz holga kelgani sababli elektr ta’minotida uzilishlar va boshqa muammolar yuzaga kelishi xavfi mavjudligi aniqlandi.
📌 Aholini barqaror va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, hududdagi elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash maqsadida tuman “Elektr ta’minoti” korxonasi boshlig‘i E.Oripovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📝 So‘rovda eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish, 6 dona beton ustun o‘rnatish masalasini o‘rganib, tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.