35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Fuqarolar muammolari hal etildi

Joriy yilning 19-avgust kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari M.Ashurov tomonlaridan tumanning “Burchmullo” mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan rejadan tashqari bo‘lgan ayrim ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha murojaatlar bildirilgan edi.

🔻Fuqarolar murojaatlariga barcha huquqiy tushuntirishlar berilib, ushbu masala nazoratga olingan edi. Bugun ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlariga asosan ko‘p qavatli uyning kirish qismlari belgilangan tartib va to‘lovlar asosida asfaltlashtirilib, muammo bartaraf etildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning hajmi va sifati bo‘yicha Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari M. Ashurov qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazdi.

Slide 1 of 2