35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Shirin shahar KengashiXalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati U.Xolmatov tomonidan Do‘stlik mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✔️Shuningdek, aholi murojaatlari va mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mahallaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Deputat tomonidan hokim yordamchisining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash va fuqarolarni tadbirkorlik hamda daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1