35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

SESSIYA QARORINING IJROSI O‘RGANILDI

 Mazkur qarorga asosan ko‘p qavatli uylarning kirish eshiklariga domofon o‘rnatish uchun 30 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda domofonlarni o‘rnatish ishlari holati ko‘zdan kechirildi.

Qaror ijrosini ta’minlash, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijro jarayoni deputatlar nazoratiga olindi.

Aholi xavfsizligi va ko‘p qavatli uylarda qulay sharoit yaratish — doimiy e’tiborda!