O‘rganish jarayonida yoshlarni zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbiy salohiyatini oshirish hamda kelgusida munosib mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, ta’lim jarayonining mazmun-mohiyati, o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga maqsadli tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida kasb-hunarga o‘qitish samaradorligini yanada oshirish, yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularni kelgusida bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.