35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

OBODONLASHTIRISH SOHASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA

OBODONLASHTIRISH SOHASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi yig‘ilishida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga oid muhim masala muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Jurayevning boshqarma tasarrufidagi texnikalardan samarali foydalanish, shuningdek, ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlarining holati yuzasidan hisoboti eshitildi.
📌 Hisobot davomida boshqarma tasarrufidagi maxsus texnikalarning holati, ulardan foydalanish samaradorligi, ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
🔎 Deputatlar tomonidan mavjud muammolar, yo‘llarning holati, texnikalardan oqilona foydalanish hamda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli savollar berildi.

Slide 1 of 2