Suhbat davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar, xalqimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, Mustaqillik bayramining xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat hamda kelajakka bo‘lgan ishonch tuyg‘ulari haqida so‘z yuritildi.