35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

ICHIMLIK SUVI TA’MINOTIDAGI MUAMMONI BARTARAF ETISH CHORALARI KO‘RILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 4-“Oq oltin” saylov okrugidan saylangan deputat F.Mamajonov tomonidan o‘z hududidagi “Oq oltin” MFYda olib borilgan o‘rganish ishlari davomida aholini qiynayotgan muammolar o‘rganildi.

Jumladan, “Oq oltin” MFY hududidagi Oq oltin 4-tor ko‘chasida ichimlik suvi quvurining nosoz holga kelgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan hudud aholisi tomonidan murojaat qilinib, ichimlik suvi ta’minotidagi muammoni bartaraf etish masalasida amaliy yordam so‘raldi.

Deputat F.Mamajonov tomonidan murojaat o‘rganilib, muammoni tegishli tartibda hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi.

Ichimlik suvi quvuridagi nosozlikni bartaraf etish va hudud aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi hamda amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7