35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D. Danayev tomonidan Amir Temur mahallasi ijtimoiy xodimining ish faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yordamga ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini aniqlash, ularni tegishli tartibda ro‘yxatga olish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.