35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
#Ish_reja

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2026-yil 24–28-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish reja muhokama qilinib, asosiy vazifalar belgilandi.

Jumladan, Mustaqillikning 35 yilligini munosib kutib olish, bayramga tayyorgarlik jarayonlarini keng yoritish, deputatlarning hududlarda olib borayotgan faoliyati, saylovchilar bilan uchrashuvlari, murojaatlar bilan ishlashi va deputatlik nazorati yuzasidan intervyu hamda maqolalar tayyorlash vazifalari belgilandi.

Shuningdek, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ijro intizomi hamda axborot materiallarini muntazam yoritib borish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash