35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 5-Paxtaorol saylov okrugidan saylangan deputat Alimov Farxod Fayzullayevich o‘zi saylangan "Madaniyat" mahallasida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanov bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

Shuningdek, Jarayonda bajarilayotgan qurilish ishlari sifati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish yakunida hududdagi loyihalarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Slide 1 of 1