35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

🔵Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati N. Alimova tomonidan shahar Energetika texnikumi kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.

🌐O‘rganish jarayonida markazda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi hamda elektron resurslardan foydalanish holati tahlil qilindi.

🔂Shuningdek, yoshlar va o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Axborot-kutubxona markazida zamonaviy kompyuter texnikalari, internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati hamda qulay o‘quv zallari mavjudligi qayd etildi.

✍️Deputat tomonidan markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yangi adabiyotlar bilan boyitish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🟢Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kitobxonlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi.

🟠Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 2