35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sessiya oldidan o‘rganish ishlari olib borildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ozodaxon Buzurukxodjayeva tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilayotgan sog‘liqni saqlash va tibbiyot yo‘nalishiga oid masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

❗️O‘rganish davomida tumandagi 28 va 67 oilaviy poliklinikaning faoliyati, sanitariya holati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

✅ Aniqlangan holatlar tegishli tartibda qayd etilib, sessiyada mazkur masalani ko‘rib chiqishda o‘rganish natijalari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar bildirilishi nazarda tutilmoqda.

Slide 1 of 1